Milanning «Inter» klubi rahbari Juzeppe Marotta jamoa yana Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun kurasha olishiga umid bildirmoqda. «Neradzurrilar» Simone Indzagi qo‘l ostida ikki marta — 2023 va 2025 yillarda hal qiluvchi o‘yinga qadar yetib borishgan. Birinchi holatda milanliklar «Manchester Siti»ga (0:1) imkoniyatni boy berishgan bo‘lsa, ikkinchisida «PSJ»dan yirik hisobda (0:5) mag‘lubiyatga uchrashgan.
«Chempionlar ligasidagi g‘alaba — mening orzum. Biz yana g‘alaba uchun kurashib ko‘ramiz, finalda uchinchi bor o‘ynashni istaymiz. Mening jamoalarim to‘rt marta g‘alabaga bir qadam qolganda to‘xtab qolgan. Nafaqaga chiqishimdan oldin o‘yinchilar men uchun nihoyat Chempionlar ligasini yutib berishlariga juda umid qilaman», — dedi Marotta DAZN bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Inter» A Seriya va Italiya kubogini qo‘lga kiritdi, ammo eng nufuzli yevrokubokda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, pley-offning ilk bosqichida «Budyo-Glimt»ga mag‘lub bo‘lgandi.













