Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» Jonatan Devidning taqdiri borasida qarorga keldi

«Yuventus» Jonatan Devidning taqdiri borasida qarorga keldi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Jonatan Devid jamoadagi ilk mavsumini u qadar yaxshi o‘tkaza olmadi. Kanadalik futbolchi «keksa sinyora» safida doimo ham asosiy tarkibdan o‘rin olavermadi, uning samaradorligi ham yuqori emas — 46 ta o‘yinda sakkizta gol va beshta golli uzatma.

«Sky Sport» ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab mish-mishlarga qaramay, hujumchi bo‘lajak transfer oynasida «Yuventus»ni tark etishi dargumon. Vaziyat faqatgina Dushan Vlaxovich o‘z shartnomasini uzaytirgan taqdirdagina o‘zgarishi mumkin. «Byankonerilar» rahbariyati Devid avvalgi klublarida ham ilk mavsumda o‘zini ko‘rsata olmaganini, keyin esa ochilib ketganini inobatga olishmoqda.

«Lill»ning sobiq yulduzining narxi «Transfermarkt» portaliga ko‘ra 35 million yevroni tashkil qiladi. 26 yoshli futbolchining shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:54, 28.05.2026.
O'qildi: 180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик