Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni David Rayya besh nafar o‘yinchidan iborat o‘zining ideal mini-jamoasini tuzib chiqdi. Ispaniyalik posbon darvozani o‘z yurtdoshi Iker Kasilyassga topshirdi, himoya chizig‘i uchun esa Serxio Ramos tanlab olindi. Madrid Zone xabariga ko‘ra, tarkibdan Madridning "Real" klubining yana ikki afsonasi — Zinedin Zidan va Krishtianu Ronaldu ham joy oldi. Ro‘yxat "kanonirlar"ning fransiyalik afsonaviy hujumchisi Tyerri Anri bilan yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, shu shanba, 30 may kuni "Arsenal" Chempionlar ligasi finalida "PSJ"ga qarshi maydonga tushadi. G‘alaba qozonilgan taqdirda, London klubi o‘z tarixida ilk bor eng nufuzli yevrokubokni qo‘lga kiritadi. David Rayya "to‘pchilar" safida 2023 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda.













