Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal»ning standartlar bo‘yicha murabbiyi har bir gol uchun 10 ming funt bonus oldi

«Arsenal»ning standartlar bo‘yicha murabbiyi har bir gol uchun 10 ming funt bonus oldi

Baho:
+ | -

«Arsenal» jamoasida standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiy lavozimida ishlaydigan Nikolya Jover jamoaning muvaffaqiyatlari tufayli katta daromad qildi.

«Kanonirlar» yakunlangan mavsumda standart vaziyatlardan kiritilgan gollar soni bo‘yicha Premyer-liga rekordini o‘rnatdi – 25 ta gol. Londonliklar 22 yil ichida ilk bor «Manchester Siti»ni yetti ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Football Insider xabariga ko‘ra, Jover standart vaziyatdan kiritilgan har bir gol uchun 10 ming funt sterling (11,5 ming yevro) miqdorida bonus olgan. Mikel Arteta shogirdlari barcha turnirlarda raqiblar darvozasini bunday usulda 34 marotaba ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

30 may kuni «Arsenal» o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lishi mumkin – finalda ular «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:35, 28.05.2026.
O'qildi: 441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик