Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Kristian Romero uchun bitimga o‘z o‘yinchisini qo‘shmoqchi

«Barselona» Kristian Romero uchun bitimga o‘z o‘yinchisini qo‘shmoqchi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romero «Barselona» nishonida qolishda davom etmoqda. Kataloniya grandi «shporlar» sardorini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo avvalgidek, ushbu futbolchi uchun talab qilinayotgan 60 million yevroni to‘lashga rozi emas.

Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» transfer narxini tushirish uchun bitimga o‘z futbolchilaridan birini qo‘shishga tayyor. Avvalroq «Barselona» «Tottenxem» Premyer-ligadan tushib ketgan taqdirda Kristian Romeroni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq London jamoasi 17-o‘rinni egallab, elitadagi o‘rnini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:38, 28.05.2026.
O'qildi: 1292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик