«Marsel» qanot hujumchisi Meyson Grinvud kamida ikkita klubning e’tiborida. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi xizmatlariga Italiyaning «Roma» hamda Angliyaning «Tottenxem» klublari qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, klublar allaqachon vingerning ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Grinvud o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 26 bor ishg‘ol qildi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Grinvudning «Marsel» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.













