Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ederson istalgan vaqtda Manchesterga uchib ketishga tayyor

Ederson istalgan vaqtda Manchesterga uchib ketishga tayyor

Baho:
+ | -

«Atalanta» markaziy yarim himoyachisi Ederson Lourenso «Manchester Yunayted»ga o‘tishni intiqlik bilan kutmoqda. Bergamo TV xabariga ko‘ra, ayni paytda 26 yoshli futbolchi Braziliyada, oilasi davrasida vaqt o‘tkazmoqda. Biroq manbalarning ta’kidlashicha, o‘yinchi hozir kutish rejimida va transfer kelishuvi yakunlangani haqida «yashil chiroq» olgan zahotiyoq Manchesterga uchib ketishga shay turibdi.

Braziliyalik futbolchining transfer summasi taxminan 40 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda. O‘tgan mavsumda Ederson barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:07, 28.05.2026.
O'qildi: 606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик