Kirish Ro'yxatdan o'tish

Joao Pedro dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisini aytdi

Joao Pedro dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisini aytdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedrodan hozirgi vaqtda dunyodagi eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi kim ekani haqida so‘rashdi.

«Menimcha, agar Ris Jeyms doimo barqaror holatda bo‘lsa, u yuz foiz birinchi raqamli himoyachiga aylanadi. Chunki Ashraf Hakimiy ko‘proq qanot bo‘ylab yuguradigan futbolchi. Ris esa ancha universal o‘yinchi. U himoyada ham, hujumda ham yaxshi o‘ynaydi, jarima va burchak zarbalarini ham qoyillatib ijro eta oladi», — dedi Joao Pedro Rio Ferdinandning podkastida.

Ma’lumot uchun, Ris Jeyms «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2032 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «ko‘klar» safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:22, 28.05.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик