Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay - Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 AQSh - Belgiya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

«Barselona» Alvares uchun ilk taklifini tayyorlamoqda

«Barselona» Alvares uchun ilk taklifini tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares «Barselona» a’zosiga aylanishi mumkin. Avvalroq argentinalik futbolchi «matraschilar» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani ma’lum bo‘lgan edi.

Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, hozirda «Barselona» Alvares transferi bo‘yicha «Atletiko»ga ilk rasmiy taklifini tayyorlamoqda. Ta’kidlanishicha, «ko‘k-anorranglilar» ayrim OAVlarda aytilganidek, kelishuvga boshqa futbolchilarni qo‘shishni rejalashtirmayapti.

Yakunlangan mavsumda 26 yoshli Alvares barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» «Nyukasl» vingeri Entoni Gordonning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ushbu transfer summasi taxminan 70-80 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:04, 28.05.2026.
O'qildi: 1771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик