Kirish Ro'yxatdan o'tish

Uorton: «O‘tgan yili Angliya Kubogi bayramini o‘tkazib yuborgandim, endi buning o‘rnini to‘ldiraman»

Uorton: «O‘tgan yili Angliya Kubogi bayramini o‘tkazib yuborgandim, endi buning o‘rnini to‘ldiraman»

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton Konferensiyalar ligasi finalida «Rayo Valyekano» ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu bahsda Uorton uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«O‘tgan yili Angliya Kubogi tantanalarida qatnasha olmagandim, shuning uchun endi buning o‘rnini 100 foizga to‘ldiraman. Bu hissiyotlarni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Janubiy London uchun bu g‘alaba naqadar muhimligini ko‘rib turibsiz. Shunchaki aql bovar qilmas natija», — deya Uortonning so‘zlarini keltirmoqda TNT Sports.

Eslatib o‘tamiz, «Kristal Pelas» bundan bir yil avval Angliya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan edi.

Kiritildi: 15:17, 28.05.2026.
O'qildi: 143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик