Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» Garnacho borasida bir qarorga keldi

«Chelsi» Garnacho borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi argentinalik vinger Alexandro Garnacho borasidagi rejalarini belgilab oldi. Insayder Saymon Fillipsning xabar berishicha, «aristokratlar» 21 yoshli futbolchi bilan shu yozda xayrlashishga qaror qilishgan.

Manbaga ko‘ra, Angliya top-klubi Garnachoning transferidan 46 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Alexandroga da’vogarlar qatorida Italiyaning «Napoli» klubi tilga olinmoqda.

Argentinalik futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. U London klubi safiga 2025 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Yakunlangan APL mavsumida Garnacho 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:36, 28.05.2026.
O'qildi: 191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик