Myunxenning «Bavariya» klubi va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luis Dias 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilganidan keyin o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Avvalo, Yaratganga shukronalar aytaman. Qachonlardir o‘z hovlisida orzular og‘ushida yurgan bolakay, bugun hayotidagi eng katta maqsadlaridan biri — Jahon chempionatiga yo‘l olayotganiga guvoh bo‘lmoqda. Vatanim sharafini himoya qilishdan tuyayotgan faxr va baxtimni ta’riflashga so‘z ojiz. Bu haqda bolaligimdan beri orzu qilardim va bu yo‘lda bor mehrim bilan harakat qildim.
Oilamga, doimo yonimda bo‘lganlarga, yo‘limning boshida menga ishonganlarga va har bir qadamimni qo‘llab-quvvatlagan Xudoga minnatdorchilik bildiraman. Endi oldinda faqat bir maqsad qoldi: ushbu libos, mamlakatim va biz bilan birga orzu qilayotgan millionlab kolumbiyaliklar uchun bor kuchimni berish. Mendan faqat fidoyilik, samimiyat va oxirigacha kurashishni kuting, chunki bu ranglar uchun so‘nggi daqiqagacha yugurish, jang qilish va jon kuydirish kerak. Olg‘a, Kolumbiya!», dedi futbolchi.
2026 yilgi Jahon chempionatida Kolumbiya terma jamoasi «K» guruhida Portugaliya, Kongo DR va O‘zbekiston jamoalari bilan kuch sinashadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.













