Londonning «Arsenal» klubi sobiq himoyachisi Sol Kempbell sobiq jamoasi va «PSJ» o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.
«O‘yinda yakkama-yakka kurashishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlar bo‘ladi. Doimo bir-birini sug‘urta qilishning iloji yo‘q. Agar raqib o‘yinchisiga ikki kishi yopishsangiz, «PSJ»ning 1-2 futbolchisi bo‘sh qoladi va bu muammo tug‘diradi. Yakkakurashlarda g‘alaba qozona oladigan o‘yinchilarimiz bo‘lishi shart. Agar doimiy ravishda ikkilangan himoya qo‘llasak, parijliklar bo‘sh hududga ega bo‘lishadi, ularning istagi ham aslida shu.
Fursatdan foydalanib qolish kerak. Finalgacha bo‘lgan bunday ajoyib yo‘l yana qachon qaytarilishini bilmaysiz. Bizda ajoyib himoya, ularda esa dahshatli hujum chizig‘i bor. APLdagi g‘alabadan so‘ng «Arsenal» ustidagi bosim biroz kamaygan, lekin baribir juda qiyin bo‘ladi. Agar 3:2 hisobida g‘alaba qozonsak, bu aql bovar qilmas ish bo‘lardi. Ammo biz ularning hujum chizig‘ini jilovlash yo‘lini topishimiz kerak.
«PSJ» «Bavariya»ga qarshi bahsda 5:2 hisobida oldinda borayotib, diqqatni yo‘qotgan edi. Lekin Myunxendagi bahsda himoyaviy o‘yin ko‘rsatib, o‘zlarining shakllangan jamoa ekanliklarini isbotlashdi. «PSJ» — favorit, ammo ba’zida g‘alaba uchun ozgina omad ham kerak bo‘ladi», dedi futbolchi.
«Arsenal» o‘z tarixida ikkinchi bor Chempionlar ligasi finalida o‘ynaydi, «PSJ» uchun esa bu uchinchi final bo‘ladi. Parijliklar hisobida hozirda ushbu turnirning bitta sovrini mavjud.













