Angliyaning «Kristal Pelas» klubi yarim himoyachisi Adam Uorton yozda jamoani tark etadigan bosh murabbiy Oliver Glasner haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, 27 may kuni «Kristal Pelas» Konferensiyalar ligasi finalida Ispaniyaning «Rayo Valyekano» jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
«Bu uning «Pelas» bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi o‘yini edi... U ikki yarim yil ichida amalga oshirgan o‘zgarishlar shunchaki hayratlanarli. «Kristal Pelas» uchun uchta kubok — klub tarixidagi ilk uchta sovrin — bu aql bovar qilmas natija. So‘zsiz, u jamoa tarixida ishlagan eng yaxshi murabbiylardan biridir.
U klubning bugungi darajaga chiqishiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Endi biz nafaqat Premyer-ligada jon saqlash yoki Yevropada o‘ynash, balki iloji boricha yuqoriroqqa ko‘tarilib, g‘alaba qozonishga intilyapmiz», — dedi Uorton.













