Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Fenerbaxche» Muriki va Girassini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Fenerbaxche» Muriki va Girassini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubida prezidentlik saylovlari jarayoni davom etayotgan bir paytda, nomzod Aziz Yildirimning transfer rejalari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Turk ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Yildirim allaqachon jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ikki futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Gap Seru Girassi va Vedat Muriki haqida ketmoqda.

Dortmundning «Borussiya» klubi 30 yoshli gvineyalik futbolchi uchun taxminan 35 million yevro talab qilmoqda va «Fenerbaxche» bu raqamga yaqin mablag‘ni to‘lashga tayyor. Girassi Bundesliganing 33 ta uchrashuvida 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, Turkiya tomoni 18 million yevroga baholanayotgan Muriki bo‘yicha «Malyorka» bilan muzokaralar olib bordi. Ta’kidlash joizki, Muriki avvalroq «Galatasaroy»ning taklifini rad etgan edi. 32 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda La Ligada 37 ta uchrashuvda 23 ta gol urgan.

Kiritildi: 19:12, 28.05.2026.
O'qildi: 297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик