Vinchenso Italyano «Bolonya» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Klub rahbariyati va mutaxassis mehnat shartnomasini o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qildi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Italiya klubining rasmiy saytida e’lon qilindi.
Italyano «Bolonya»ni 2024 yilning iyun oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda A Seriyada jamoa 56 ochko jamg‘arib, sakkizinchi o‘rinni egalladi. Avvalroq 48 yoshli mutaxassis «Napoli» boshqaruviga kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Neapolliklar xo‘jayinlari Italyanoni murabbiylik lavozimiga nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsumda Italiya chempioni unvonini «Inter» qo‘lga kiritdi.













