Ko‘plab top-terma jamoalar Jahon chempionati uchun yakuniy tarkiblarini e’lon qilib bo‘lishdi. Ammo amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi hali ishtirokchilar ro‘yxatini oshkor etmadi. The Touchline nashri jurnalist Martin Arevaloga tayanib xabar berishicha, Argentina terma jamoasining yakuniy tarkibi juma kuni e’lon qilinadi.
Lionel Messi Jahon chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda. Bir necha kun oldin yulduz hujumchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va unda hech qanday jarohat aniqlanmadi.
Argentina terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini 17 iyun kuni Jazoirga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng, guruh bosqichida «albiseleste» Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.













