Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiya chempionatining eng yaxshi assistenti «Renn»ga ko‘chib o‘tdi

Fransiya chempionatining eng yaxshi assistenti «Renn»ga ko‘chib o‘tdi

Baho:
+ | -

«Renn» «Lans» yarim himoyachisi Adriyen Tomasson o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. 32 yoshli fransiyalik futbolchi bretonliklar klubiga erkin agent maqomida o‘tdi va uch yillik shartnoma imzoladi.

«Bu men juda ambisiyali deb biladigan loyiha. Rahbariyat va murabbiy bilan o‘tkazgan ilk suhbatlarimizdanoq, ular menga katta qiziqish bildirishdi. Mening uchun bu mantiqiy tanlov edi, chunki men yangi loyihani kashf etishni istardim», — dedi yangi o‘yinchi klub rasmiy saytiga bergan birinchi intervyusida.

2025/26 yilgi mavsumda Tomasson Fransiya chempionatining 32 ta uchrashuvida 10 ta golli uzatmani amalga oshirib, musobaqaning eng yaxshi assistentiga aylandi. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Avvalroq yarim himoyachi «Strasbur», «Nant», «Evian» va «Vann» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Kiritildi: 07:44, 29.05.2026.
O'qildi: 350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик