Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Liverpul» «Leypsig»ning yosh iqtidorini ilib ketmoqchi

«Liverpul» «Leypsig»ning yosh iqtidorini ilib ketmoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande transferini imkon qadar tezroq yakunlashni maqsad qilgan. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, 19 yoshli ivuarlik iqtidor egasi «qizillar»ning transfer rejasidagi ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi.

Diomandega «PSJ» va «Manchester Siti» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu ikki jamoa allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokaralar o‘tkazishga ulgurgan. Raqobat kuchayib borayotgani sababli, «Liverpul» kelishuvni tezlashtirishga harakat qilmoqda.

Hozirgi vaqtda futbolchining transferi bo‘yicha biron-bir klub aniq kelishuvga erishgani yo‘q. O‘z navbatida, «RB Leypsig» iqtidorli futbolchisini saqlab qolish maqsadida uning shartnomasini yaxshilangan shartlar va maosh oshirilishi evaziga uzaytirishga tayyorligini bildirgan. Transfermarkt portali Yan Diomandeni 90 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:10, 29.05.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик