«Milan» klubi hujumchisi Rafael Leau Angliya Premyer-ligasini muntazam kuzatib borishini va u yerda ma’lum bir jamoaga simpatiyasi borligini ma’lum qildi. 26 yoshli portugaliyalik futbolchi «Manchester Yunayted» jamoasiga befarq emasligini yashirmadi.
«Menga «Manchester Yunayted» yoqadi, chunki u yerda mening kumirim – Krishtianu Ronaldu to‘p surgan», – deya Leauning so‘zlarini keltiradi UtdReport.
So‘nggi yillarda OAVda Rafael Leauning faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkinligi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqaldi va bu ro‘yxatda «Manchester Yunayted» nomi ham tez-tez tilga olindi. Biroq, hozirgacha bu borada hech qanday rasmiy muzokaralar yoki aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» forvardi hozirda o‘z terma jamoasi bilan birgalikda 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U Portugaliya termasining yakuniy tarkibidan o‘rin olgan, qiziqarlisi shundaki, jamoa safida uning kumiri Krishtianu Ronaldu ham bor.













