Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bizni favorit deyishlari shart emas": Xavers "Arsenal"ning imkoniyatlarini baholadi

"Bizni favorit deyishlari shart emas": Xavers "Arsenal"ning imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

"Arsenal" hujumchisi Kay Xavers Chempionlar ligasi finali oldidan "PSJ"ga qarshi bo‘lajak bahs haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Londonliklar uchun ushbu o‘yin klub tarixida ilk bor Yevropaning eng nufuzli sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyati hisoblanadi.

"Biz favoritmizmi? Men bu haqda umuman o‘ylayotganim yo‘q. "PSJ" – amaldagi g‘olib va o‘tgan mavsumda ular, ehtimol, eng yaxshi jamoa edi. Biroq biz o‘zimizga ishonamiz, biz ko‘p narsaga erishdik, shuning uchun bizni "anderdog" deb bilishlari unchalik muhim emas", – deb keltiradi Xaversning so‘zlarini jurnalist Konnor Xamm.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvi ertaga, 30 may kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Kiritildi: 10:16, 29.05.2026.
O'qildi: 263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик