Kirish Ro'yxatdan o'tish

Diogu Dalot «Manchester Yunayted»ning rejalarini ochiqladi

Diogu Dalot «Manchester Yunayted»ning rejalarini ochiqladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» futbolchisi Diogu Dalot muxlislarning kutilmalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Angliya chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan «qizil iblislar» Chempionlar ligasiga qaytdi.

«Har bir mavsum oldidan «Manchester Yunayted» muxlislari bizni Premyer-liga va Chempionlar ligasida zafar quchishimizga doimo ishonishadi. Klubimiz haqida menga eng yoqadigan jihat aynan shu. O‘tgan mavsumda nima bo‘lgani muhim emas. Bir yil oldin biz 15-o‘rinni egallagan bo‘lsak, endi uchinchi bo‘ldik. Kelasi yili APL yoki Chempionlar ligasini yuta olmaymiz, deb aniq ayta olmaysiz. Bilaman, muxlislar bunga ishonishadi. Biz uchun his-tuyg‘ularni nazorat qilish, ammo ambisiyalardan hech qachon voz kechmaslik muhim», — dedi portugaliyalik himoyachi CazeTVga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yanvardan buyon «Manchester Yunayted»ni yaqinda shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirgan Maykl Karrik boshqarmoqda.

Kiritildi: 11:06, 29.05.2026.
O'qildi: 301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик