Kirish Ro'yxatdan o'tish

Berardi o‘z mavsumiga baho berdi

Berardi o‘z mavsumiga baho berdi

Baho:
+ | -

«Sassuolo» hujumchisi Domeniko Berardi o‘zining va klubning o‘tgan mavsumdagi ishtirokiga baho berdi. «Sassuolo» Italiya chempionati oliy ligasida mavsumni 11-o‘rinda yakunladi.

«O‘zimga ham, klubga ham «sakkiz» baho qo‘yaman. O‘ylashimcha, mavsumning so‘nggi qismini yaxshiroq o‘tkazishimiz mumkin edi. Biz 50 ochko jamg‘arib, kamida o‘ninchi o‘rinni egallashimiz kerak edi. Shaxsan o‘zim esa kamida o‘nta gol ura olmaganimdan afsusdaman», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Berardi chempionatda 8 ta gol kiritdi, ammo u o‘z jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘la olmadi.

Kiritildi: 11:20, 29.05.2026.
O'qildi: 232 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик