Afrika futbolidagi an’anaga ko‘ra, har bir Jahon chempionati oldidan terma jamoalardan birida (ba’zida bir yo‘la bir nechtasida) shantaj, kelishmovchiliklar va turnirga bormaslik bilan bog‘liq tahdidlar boshlanadi.
Odatda bunday voqealar Kamerun terma jamoasida kuzatilardi, ammo derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, bu gal bu holat Senegal terma jamoasida yuz berdi.
Bundan terma jamoa bosh murabbiyi Pap Tiau norozilik bildirdi. Federasiya nima uchundir uning mehnat shartnomasini uzaytirishga shoshmayapti va mutaxassis bu jarayonni tezlashtirish maqsadida Jahon chempionatini boykot qilish bilan tahdid qilishga qaror qildi.













