Italiya matbuoti xabariga ko‘ra, kecha «Milan»ga emas, «Kristal Pelas»ga o‘tishga qaror qilgan «Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola o‘z fikrini o‘zgartirdi. Endi u Germaniyaning «Bayer» klubi bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda Bild.
Manbaning ta’kidlashicha, hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, ispaniyalik mutaxassis bilan muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi. Leverkuzenliklar 43 yoshli murabbiy uchun kechayotgan kurashda «Milan» va «Kristal Pelas»ni ortda qoldirishi mumkin.
Avvalroq Iraola «Milan» rahbariyati uchun asosiy nomzod ekani, biroq o‘tish amalga oshmagani xabar qilingandi. Iraola «Kristal Pelas»ni boshqarishga qaror qilgan va bu haqda payshanba kuni e’lon qilinishi kerak edi, ammo mutaxassis so‘nggi lahzada fikridan qaytgan.
Joriy mavsum yakunidan so‘ng Iraola 2023 yil yozidan beri boshqarib kelayotgan «Bornmut» jamoasini tark etadi.













