Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Gordonning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha moliyaviy tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Gordonning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha moliyaviy tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

«Nyukasl» qanot hujumchisi Entoni Gordonning «Barselona»ga o‘tishi kutilayotgan transfer bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Diario SPORT xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Angliya klubiga dastlabki to‘lov sifatida 80 million yevro o‘tkazib beradi.

Bundan tashqari, «Nyukasl» yana 10 million yevro miqdorida bonuslarga ega bo‘lishi mumkin. Bonuslar tizimi ikki qismga bo‘lingan:

  • 5 million yevro: agar Gordon keyingi besh mavsum davomida «Barselona» o‘yinlarining 60 foizidan ortig‘ida maydonga tushsa.

  • 5 million yevro: jamoaning sovrinlari va titullari bilan bog‘liq holda.

Shuningdek, «Nyukasl» shartnomaga futbolchining keyingi sotuvidan ma’lum bir foiz olish bandini ham kiritishga erishgan. Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Gordon o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:25, 29.05.2026.
O'qildi: 1317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик