Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Aston Villa» «Barselona»ning sobiq himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Aston Villa» «Barselona»ning sobiq himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» «Selta» himoyachisi Oskar Mingesani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi. 27 yoshli futbolchi yozgi transferlar vaqtida ispan klubini erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi ham Angliya Premyer-ligasiga o‘tishdan manfaatdor.

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Mingesani uning universalligi tufayli jamoa uchun mos variant deb hisoblaydi. Himoyachi nafaqat qanotda, balki markaziy himoyada ham o‘ynay oladi.

Mingesa «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklar asosiy tarkibida 60 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, Ispaniya Kubogi sohibiga aylangan. 2022 yilda «Selta»ga o‘tganidan so‘ng, ispaniyalik futbolchi asosiy tarkibdan mustahkam joy oldi va jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan biriga aylandi.

«Aston Villa» keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishi munosabati bilan tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, birmingemliklar moliyaviy cheklovlarni inobatga olgan holda, imkon qadar tejamkor transferlarga urg‘u berishmoqchi.

Kiritildi: 13:31, 29.05.2026.
O'qildi: 664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик