Belgiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Italiyaning «Bolonya» jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining «X» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
«Domeniko Tedeskoni «Bolonya»ning yangi murabbiyi etib tayinlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tayyor. «Bolonya» Daniele De Rossi va Raffaele Palladino nomzodlariga ham murojaat qilgan edi, biroq ular taklifni rad etishdi», — deb yozdi Skira.
40 yoshli Tedeskoning so‘nggi ish joyi Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi bo‘lgan edi. Mutaxassis 2019 yildan 2021 yilgacha «Spartak»ni boshqargan.
«Bolonya» Italiya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra sakkizinchi o‘rinni egalladi.













