Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente milliy jamoaning maydondagi asosiy tamoyillari haqidagi savolga javob berdi.
— «Furiya Roxa»ning maydondagi asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
— Men bosimni kamaytirishga va mag‘lubiyatlarga ob’ektiv nigoh bilan qarashga harakat qilaman. Bunday darajada deyarli hamma narsani to‘g‘ri bajarib ham, baribir mag‘lub bo‘lish mumkin. O‘yinchilar xotirjamlikni saqlashlari, mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari, professional bo‘lishlari, bor kuchlarini ishga solishlari va jamoaviy ruh hamda fidoyilik ko‘rsatgan holda hurmat bajo keltirishlari lozim.
Biz uchun jamoaviy ish asosida yotuvchi qadriyatlar juda muhim — ham o‘zlari uchun, ham bir-birlari uchun o‘ynash, — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.













