«Arsenal» yarim himoyachisi Kay Xavers «kanonirlar» Chempionlar ligasi finalida g‘alaba qozonish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi. London klubi 30 may kuni turnirning final uchrashuvida «PSJ»ga qarshi bahs olib boradi.
«Rostini aytsam, men kim favorit-u, kim autsayder ekanligi haqida o‘ylayotganim yo‘q. «PSJ» o‘tgan yili CHLda g‘olib chiqdi, demak, ular o‘tgan mavsumda Yevropaning eng kuchli jamoasi bo‘lishgan. Ular bu yil ham ajoyib mavsumni o‘tkazishdi.
Klubimiz o‘z tarixida ikkinchi bor finalga chiqmoqda, lekin bizda ishonch juda yuqori. Biz bir necha yildan beri eng yuqori darajada kurashyapmiz va nihoyat Premyer-ligada g‘olib chiqdik. Menimcha, bu bizga katta kuch va ishtiyoq bag‘ishlaydi. Kim favorit ekanligining ahamiyati yo‘q.
Biz maydonga tushamiz va ularni mag‘lub etamiz. Demak, oldinga!» — dedi Xaverts.













