Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius Mbappe bilan o‘rtasidagi munosabat haqida gapirdi

Vinisius Mbappe bilan o‘rtasidagi munosabat haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi futbolchisi Vinisius Junior jamoadoshi Kilian Mbappe bilan maydondagi va undan tashqaridagi do‘stligi haqida gapirdi.

“Imkoniyat bo‘lishi bilan biz nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham do‘stlardek birga vaqt o‘tkazamiz. U bilan munosabatlarimiz doim yaxshi bo‘lgan. O‘z vaqtida bizning jamoaga o‘tishi uchun unga juda ko‘p xabarlar yuborganman.

To‘g‘ri, hozircha biz xohlagandek yuqori darajada o‘yin ko‘rsatish va muxlislarimiz kutgan chempionliklarni qo‘lga kiritishning uddasidan chiqa olmayapmiz. Biroq yaqin kelajakda bu vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira olishimizga ishonaman”, deydi Vinisius.

Shuningdek, futbolchi Mbappening o‘ziga bo‘lgan munosabati va uni qiyin vaziyatlarda yolg‘iz tashlab qo‘ymasligini alohida ta’kidladi.

“Mbappe — juda yaxshi inson. U o‘z intervyularida meni doim himoya qiladi. Hatto "Benfika" bilan o‘yindagi irqchilik mojarosidan keyin ham mening yonimni oldi. Kilian — "Real"da butun boshli yangi davrni boshlab beradigan afsonaviy futbolchidir”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vinisius Junior “Barselona” yulduzi Lamin Yamal haqida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:29, 29.05.2026.
O'qildi: 447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик