Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kay Xavers Chempionlar ligasi finali oldidan: «Kubokni Londonga olib kelishni istaymiz»

Kay Xavers Chempionlar ligasi finali oldidan: «Kubokni Londonga olib kelishni istaymiz»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Kay Xavers Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan final bahsi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barchamiz finalni katta intiqlik bilan kutyapmiz. O‘ylashimcha, bu aqlbovar qilmas o‘yin bo‘ladi. Bu voqea xotiramizda umrbod saqlanib qoladi. Biz g‘alaba qozonib, kubokni Londonga olib kelishni istaymiz», — dedi futbolchi uchrashuv oldidan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropaning eng nufuzli klublar turnirining hal qiluvchi bahsi ertaga, 30 may kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kay Xavers joriy mavsum Chempionlar ligasida beshta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:12, 29.05.2026.
O'qildi: 244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик