Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rossiyalik futbolchi JCH-2026 startigacha «PSJ»ga o‘tishi mumkin

Rossiyalik futbolchi JCH-2026 startigacha «PSJ»ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«Lokomotiv»ning hujumkor yarim himoyachisi Aleksey Batrakov tez orada «PSJ» libosini kiyishi mumkin.

«Mash na sporte» telegram kanali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Batrakovning vakillari «PSJ» rahbariyati bilan muloqotni boshlashgan. Hozirda kelishuv tafsilotlari muhokama qilinmoqda. Agar hammasi ko‘ngildagidek kechsa, 20 yoshli futbolchi Jahon chempionati startiga qadar Matvey Safonovning jamoadoshiga aylanadi.

Ta’kidlanishicha, Batrakov «Galatasaroy»ning o‘ta serdaromad taklifini (yiliga 4,5 million yevro + 5 million yevro imzo bonusi) rad etgan. Futbolchining ustuvor maqsadi — Yevropaning kuchli beshlik ligalaridan birida to‘p surish. «PSJ» bilan olib borilayotgan muzokaralar yangi bosqichga ko‘tarildi. «Transfermarkt» portali Aleksey Batrakovni 28 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:39, 29.05.2026.
O'qildi: 613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик