Avvalroq «Liverpul» yozda yangi himoyachi sotib olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi. «Qizillar»ning nishonida «Chelsi» futbolchisi Levi Kolvill turibdi.
Biroq, London klubi futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas. Bu haqda Football Insider nashri yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, «Chelsi» Levi Kolvill bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni faollashtirishni rejalashtirmoqda. London klubi shu yo‘l bilan boshqa jamoalarning qiziqishini so‘ndirish niyatida.













