Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Aston Villa» Duglas Luisni sotib olishdan voz kechdi

«Aston Villa» Duglas Luisni sotib olishdan voz kechdi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Duglas Luis mavsum yakunlangach, «Yuventus»ga qaytadi. The Athletic nashrining xabar berishicha, «Aston Villa» braziliyalik futbolchini 25 million yevroga sotib olish huquqidan foydalanmaslikka qaror qilgan.

28 yoshli futbolchi qishki transfer oynasi vaqtida Birmingem klubiga mavsum oxirigacha ijara asosida kelgan edi. Kelishuvda uni doimiy asosda transfer qilish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, «Villa» rahbariyati bu variantni rad etdi. Endi Duglas Luis «Yuventus» ixtiyoriga qaytishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Duglas APLning o‘tgan mavsumida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Yevropa ligasining 10 ta uchrashuvida esa o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 19:48, 29.05.2026.
O'qildi: 552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик