Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Leypsig" bir yil oldin 20 millionga olingan Diomande uchun 130 million yevro talab qilmoqda

"Leypsig" bir yil oldin 20 millionga olingan Diomande uchun 130 million yevro talab qilmoqda

Baho:
+ | -

"Leypsig" klubi Yan Diomandeni arzonga sotmoqchi emas.

ESPN nashrining xabar berishicha, futbolchining boshlang‘ich narxi 130 million yevroni tashkil etadi. Muzokaralarni boshlash uchun aynan shu summaga yaqin taklif kerak bo‘ladi. Nemis klubining 19 yoshli vingerni sotishga hech qanday shoshilinch ehtiyoji yo‘q, shuning uchun ular boshqa shartlarga rozi bo‘lmaslik huquqiga ega.

Bir yil oldin ivuarlik futbolchi "Leganes"dan 20 million yevro evaziga sotib olingan edi. Ushbu mavsumda u Bundesliganing 33 ta turida 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq, Yanni o‘z safiga qo‘shib olishga "PSJ" va "Liverpul" jamoalari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 22:54, 29.05.2026.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик