Dmitriy Igdisamovning SSKAdagi murabbiylar shtabida yana bir yangi a’zoning ismi ma’lum bo‘ldi. OAV rossiyalik mutaxassisning "armiyachilar" ustozi lavozimiga tasdiqlanishini faol ravishda bashorat qilmoqda.
Avvalroq Igdisamov shtabiga Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov va Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Roman Adamov kirishi haqida xabar berilgan edi. "Chempionat" nashriga ma’lum bo‘lishicha, ulardan tashqari, Igdisamov shtabidan O‘zbekistonning "Olimpik" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Denis Korostichenko ham o‘rin oladi.
Igdisamov Fabio Chelestini iste’foga chiqarilganidan so‘ng jamoa bilan ishlay boshlagandi. Uning qo‘l ostida "armiyachilar" mavsumni beshinchi o‘rinda yakunlashdi.













