Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Edegor: «Tarix yaratishda davom etmoqchimiz»

Edegor: «Tarix yaratishda davom etmoqchimiz»

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Martin Edegor Chempionlar Ligasi finali oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. «PSJ»ga qarshi o‘yin 30 may kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

«Biz erishishimiz mumkin bo‘lgan narsa — juda o‘ziga xos hodisa. 22 yil davomida chempionatda g‘olib chiqmagandik, endi esa tarix yaratishda davom etmoqchimiz. Qachonki, boshingiz uzra ko‘targan sovrin ta’mini totsangiz, uni yana va yana takrorlashni istaysiz. Bu har birimiz uchun juda katta ahamiyatga ega, shu bois o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz», — deya o‘yinchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA sayti.

«Chempionatdagi g‘alabadan so‘ng o‘zimni boshqacha his qilmayapman, ammo biz uzoq kurashdik va endi bosim kamaydi. Bu ajoyib tuyg‘u va muvaffaqiyat. Biz ushbu tajriba va ijobiy energiyani olib, ertangi o‘yinga ko‘chirishimiz kerak».

Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan o‘yinni germaniyalik Daniel Zibert boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Joriy turnirda ushbu hakam ishtirokidagi 2 ta o‘yin «Arsenal»ning bir xil — 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan («Sporting» va «Atletiko»ga qarshi).

Kiritildi: 01:01, 30.05.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик