«Fulxem» bosh murabbiyi Marku Silva faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Al Nassr Zone nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis «An-Nasr» boshqaruvi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Avvalroq murabbiy Lissabonning «Benfika» klubini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq Ar-Riyod klubi uni o‘z safiga qo‘shib olishga qat’iy bel bog‘lagan. Eslatib o‘tamiz, «An-Nasr»ning avvalgi murabbiyi Jorje Jezush jamoa chempionlikni rasmiylashtirgan so‘nggi tur o‘yinidan so‘ng o‘z lavozimini tark etganini e’lon qilgandi.
«Fulxem» esa Angliya Premyer-ligasini 11-o‘rinda yakunladi. Silva 2021 yildan buyon londonliklar ustozi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.













