Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi finali oldidan favorit haqidagi savolga javob berdi. Bugun «kanonirlar» hal qiluvchi bahsda «PSJ» bilan to‘qnash keladi.
«Raqibimiz — turnirning amaldagi g‘olibi. Ular so‘nggi bor bu kubokni boshlari uzra baland ko‘tarishgan, ammo biz uni ulardan tortib olish uchun shu yerdamiz», — dedi londonliklar ustozi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi finalda «PSJ» Milanning «Inter» klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi — 5:0.













