Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Modrich mavsum yakunlari haqida to‘xtaldi

Modrich mavsum yakunlari haqida to‘xtaldi

Baho:
+ | -

«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga bag‘ishlangan post e’lon qildi. «Rossonerilar» mavsum so‘ngini muvaffaqiyatsiz o‘tkazishdi va so‘nggi daqiqalarda Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan mosuvo bo‘lib, A Seriyada beshinchi o‘rinni egallashdi.

«Bu mavsumda ham ajoyib, ham qiyin damlar bo‘ldi, ammo yakunda biz achchiq haqiqatni qabul qilishga va hammasi biz istagandek yakunlanmaganini tan olishga majburmiz. «Milan» muxlislariga butun yil davomida menga ko‘rsatgan iliqlik, hurmat va ulkan qo‘llab-quvvatlashlari uchun chin dildan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Forza Milan», — deb yozdi 40 yoshli xorvatiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich o‘tgan yozda Madridning «Real» klubidan «Milan»ga o‘tgan edi. Futbolchining amaldagi shartnomasi bir oydan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi. Mish-mishlarga ko‘ra, afsonaviy faxriy futbolchi Jahon chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin.

Kiritildi: 08:54, 30.05.2026.
O'qildi: 282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик