Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Gordon «Barselona»ga o‘tganidan so‘ng katalon tilida uchta so‘z aytdi

Gordon «Barselona»ga o‘tganidan so‘ng katalon tilida uchta so‘z aytdi

Baho:
+1 | -

Vinger Entoni Gordon rasman «Barselona» safiga o‘tdi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, angliyalik futbolchi «ko‘k-anorranglilar» bilan 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Transfer qiymati bonus to‘lovlarini hisobga olmaganda 80 million yevroni tashkil etdi.

Kelishuv e’lon qilinganidan so‘ng, Gordon ispan tilini bilishini namoyish etib muxlislarni xursand qildi, ammo bu bilan cheklanib qolmadi. Jurnalist Karlos Monforning so‘zlariga ko‘ra, biroz o‘tib futbolchi katalon tilida ham gapirdi: «Men juda baxtiyorman», — dedi Angliya terma jamoasi a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, Gordon «Barselona»ga «Nyukasl» klubidan o‘tdi. U o‘z vatanida hujum chizig‘ining deyarli barcha pozisiyalarida harakat qilgan bo‘lsa-da, asosan chap qanotda o‘ynashga odatlangan.

Kiritildi: 09:03, 30.05.2026.
O'qildi: 727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик