Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Tomas Myuller «Oltin to‘p» haqida: «Olisening imkoniyatlari Keyndan yuqoriroq»

Tomas Myuller «Oltin to‘p» haqida: «Olisening imkoniyatlari Keyndan yuqoriroq»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Tomas Myuller Xarri Keyn va Maykl Olisening «Oltin to‘p»ni yutish imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Myullerning ta’kidlashicha, Keyn hozirgi kunda dunyodagi eng yaxshi hujumchi bo‘lsa-da, «Oltin to‘p»ga ovoz berishda futbolchining individual mahorati va o‘yin uslubi katta rol o‘ynaydi.

«Xarri — men hozir ko‘rayotgan eng yaxshi hujumchi, u juda keng imkoniyatlarga ega. Ammo u bir yo‘la to‘rt raqibni aldab o‘ta oladigan futbolchi emas. «Oltin to‘p» haqida gap ketganda esa dribling ko‘proq hisobga olinadi. Keyn jamoa uchun muhimroq bo‘lsa-da, ovoz berishda ko‘pincha Maykl kabi futbolchilarga ko‘proq e’tibor beriladi», — dedi Myuller Bayern & Germany nashriga bergan intervyusida.

Mavsum statistikasi (2025/26):

  • Xarri Keyn: 51 ta o‘yin, 61 ta gol va 7 ta golli uzatma.

  • Maykl Olise: 52 ta o‘yin, 22 ta gol va 31 ta golli uzatma.

Eslatib o‘tamiz, dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan ushbu nufuzli mukofot marosimi 2026 yil 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:16, 30.05.2026.
O'qildi: 295 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик