Kirish Ro'yxatdan o'tish

«River Pleyt» Almadani tarkibga qo‘shib olish uchun katta sotuvlarga tayyor

«River Pleyt» Almadani tarkibga qo‘shib olish uchun katta sotuvlarga tayyor

Baho:
+ | -

Argentinaning «River Pleyt» klubi Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Tyago Almadaning vakillari bilan ilk muzokaralarni o‘tkazdi. Olé nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli argentinalik futbolchi klubning Jahon chempionati oldidan asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

«Atletiko» futbolchini 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ta’kidlash joizki, uning Madriddagi yillik maoshi 3 million yevrodan oshadi. Ushbu transferni moliyalashtirish uchun «River» tarkibni jiddiy ravishda tozalashni rejalashtirmoqda. Klub Paulo Dias, Fabrisio Bustos, Kevin Kastanyo, Maksimiliano Salas va Juliano Galopponi sotish yoki ijaraga berishni ko‘zlamoqda. Shuningdek, yosh o‘yinchilar Lautaro Rivero va Ian Subiabreni sotish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

O‘tgan mavsumda Almada klub miqyosida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:22, 30.05.2026.
O'qildi: 336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик