«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan «Arsenal» va «PSJ» bahsida kimga muxlislik qilishini aytdi.
Nemis yarim himoyachisi terma jamoadagi do‘sti Kay Xavers tufayli «kanonirlar»ni qo‘llab-quvvatlashini tan oldi.
«Kayning muvaffaqiyat to‘lqinida terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishi uchun unga muxlislik qilaman. Chempionlar ligasidagi g‘alaba insonga ijobiy energiya bag‘ishlaydi. Xavers — bizning jamoa uchun muhim o‘yinchi, Germaniyada uni yetarlicha qadrlashmaydi. U Yevro-2024da asosiy rollardan birini o‘ynagan, chunki u noyob mahorat sohibi va juda universal futbolchi», — deya Kimmixning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» Chempionlar ligasini aynan «PSJ»ga yutqazib, yarim final bosqichida tark etgandi.













