«Koventri Siti» bosh murabbiyi Frenk Lempard klubdan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga javob qaytardi. Mutaxassis qo‘l ostida klub o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionship g‘olibiga aylanishdi va APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
«Men bu mish-mishlarga e’tibor bermayman. «Koventri Siti»ga o‘z ishimni eng yaxshi tarzda bajarish uchun kelganman va bu yerda bo‘lish menga yoqadi. Bu biz hozirgi darajaga yetib kelgunimizga qadar davom etgan ajoyib 18 oy bo‘ldi va men natijadan juda mamnunman.
Men qattiq mehnat qilishni va klubdagi muhitni yaxshi ko‘raman. Jamoada hamma birdek jipslashgan. Oldindagi yozda bizni katta hajmdagi ishlar kutmoqda», — deya Lempardning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.













