«Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jons «Inter»ning e’tiborini tortdi. Insayder Fabrisio Romanoning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, italiyaliklar qishki transfer bozorida jamoaning asosiy nishoni bo‘lgan futbolchining transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Manbaga ko‘ra, muzokaralar hamon davom etmoqda. «Inter» Jonsni yarim himoya chizig‘i uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rishni davom ettirmoqda. Ingliz futbolchisining o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Hozircha kelishuvga erishilgani yo‘q, chunki taklif etilgan 20 million yevro mablag‘ «Liverpul»ni qoniqtirmayapti, biroq kelishuv amalga oshishi mumkin.
Kyortis Jons «Liverpul» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25 yoshli futbolchi 2020 yildan buyon mersisaydliklarning asosiy jamoasi safida to‘p surib kelmoqda.













