Kirish Ro'yxatdan o'tish

Runi Tuxelning JCH-2026 uchun tarkib tanlovi haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi

Runi Tuxelning JCH-2026 uchun tarkib tanlovi haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi Tomas Tuxelning bo‘lajak Jahon chempionati uchun e’lon qilgan qaydnomasi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, murabbiyning o‘z qarashlari bor va faqat uning tanloviga ishonish qoladi, xolos.

«Menimcha, Tomas Tuxel tanlagan tarkibda men boshqacha yo‘l tutishim mumkin bo‘lgan bir nechta jihatlar bor, ammo biz uning qaroriga ishonishimiz kerak. Gap yetakchilik va jamoa atrofida to‘g‘ri muhitni yaratish haqida ketganda, hech qachon yuz foiz ishonch bilan gapirib bo‘lmaydi.

Biroq unda Jahon chempionatida g‘olib chiqishga qodir bo‘lgan yaxshi tarkib shakllangan. To‘g‘ri, ro‘yxatda Foden yo‘q, Palmer yo‘q, juda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan Gibbs-Uayt ham yo‘q. Bu bahsli qaror. Ammo millat sifatida biz doim murabbiylarni faqat eng nomdor va eng yaxshi o‘yinchilarni tarkibga jalb qilavergani uchun tanqid qilardik. Tuxel esa boshqa yo‘ldan ketdi va umid qilamanki, bu o‘z samarasini beradi.

Men unga ishonaman. U ajoyib murabbiy va agar kimdir bu jamoani g‘alabaga yetaklay olsa, bu aynan udir», — dedi Runi talkSPORT nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 16:24, 30.05.2026.
O'qildi: 190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик