«Portu» hujumchisi Villiam Gomes Yevropaning bir qator yetakchi klublari qiziqishi doirasiga tushib qoldi. AS nashri xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 20 yoshli futbolchiga faol qiziqish bildirmoqda. Angliya Premyer-ligasining bronza medali sohibi Gomesni qanot hujumlarini kuchaytirish uchun asosiy variant sifatida ko‘rmoqda.
«Manchester Yunayted»dan tashqari, yosh iqtidor egasini madridlik «Atletiko», shuningdek, «Arsenal», «Nyukasl» va «Roma» jamoalari ham kuzatmoqda. Biroq manbaning qayd etishicha, transferni amalga oshirish oson kechmaydi. Portugaliya klubi Gomesning transferini muhokama qilish istagida emas va uni faqat 80 million yevro miqdoridagi tovon puli evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
2025/2026 yilgi mavsumda Gomes 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.













