Arne Slot 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan «Liverpul» bosh murabbiylari orasida g‘alabalar foizi bo‘yicha uchinchi ko‘rsatkichni qayd etdi. Mersisaydliklar ikki mavsumdan so‘ng niderlandiyalik mutaxassisni ishdan bo‘shatishga qaror qilishdi.
Slot jamoa boshqaruvida jami 113 ta o‘yin o‘tkazdi va uning g‘alabali ko‘rsatkichi 58,41 foizni tashkil etdi. Murabbiy birinchi mavsumda 67,86 foiz o‘yinlarda zafar quchgan bo‘lsa, ikkinchi mavsumda bu ko‘rsatkich 49,12 foizga tushib ketdi.
«Liverpul»dagi g‘alabalar foizi bo‘yicha yetakchi Yurgen Klopp (62,12%) hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda esa Kenni Dalglish (58,53%) bormoqda.













